AQSh rasmiylari 2017-yil oktabrida Las-Vegasda AQSh tarixidagi eng qonli otishmani uyushtirgan Stiven Peddokka zirhteshar o‘q sotgan do‘kondorga ayblov e’lon qildi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Arizona shtatida yashovchi Duglas Xeyg huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan so‘roqqa tutildi.
Rasmiylarga ko‘ra, u tegishli litsenziyaga ega bo‘lmay, mazkur o‘q-dorilarni tayyorlagan va sotgan. Tergovchilar o‘qlarda Xeygning barmoq izlarini aniqladi.
Eslatib o‘tamiz, Peddok Mandalay Bay mehmonxonasining 32-qavatidan musiqiy festival qatnashchilariga o‘q uzishi oqibatida 58 kishi halok bo‘lgan, 520 dan ortiq odam jarohatlangandi.
Izoh (0)