Moskvaning “Polyanka” metro stansiyasida bir ayol poyezd relsiga yiqilib tushdi. Ayol poyezd ostida qolib ketdi va olingan jarohatlari oqibatida hodisa joyida vafot etdi, deb xabar berdi “Moskva” agentligi.
Uning jasadi ikkinchi va uchinchi vagonlar orasidan topilgan.
Ayni vaqtda voqea joyida politsiya ish olib bormoqda. Noxush hodisa nima sababdan sodir bo‘lgani o‘rganilmoqda.
Izoh (0)