Xitoyning Shandun provinsiyasidagi kimyoviy zavodda sodir bo‘lgan portlash oqibatida bir kishi halok bo‘ldi, olti kishi jarohat oldi. “Gazeta.ru”ning “Sinxua”ga asoslanib xabar berishicha, yana bir kishi bedarak yo‘qolgan.
Portlash Linshu okrugidagi iqtisodiy rivojlanish zonasida joylashgan, o‘sha vaqtda ta’mirlash ishlari olib borilayotgan kimyoviy zavodda sodir bo‘lgan.
Jarohat olgan olti nafar odam shifoxonaga yetkazilgan. Hozirda portlash sabablarini aniqlash yuzasidan tegishli ishlar olib borilmoqda.
Izoh (0)