Braziliya federal sudyasi korrupsiyada ayblanib, qamoq jazosiga hukm qilingan mamlakat sobiq prezidenti Lulu da Silvaga pasportini qaytarib berish bo‘yicha qaror chiqardi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Sudya Bruno Apolinario o‘z qarorini sobiq prezident qonun qo‘llanishidan qutulib qolish uchun “mamlakatdan qochishga urinishi haqida xulosa chiqarib bo‘lmasligi” bilan izohladi.
Oldinroq Braziliya sudi Afrikaga yo‘l olishni rejalashtirgan Lulu da Silvadan Afrika safaridan bir kun oldin pasportini olib qo‘ygandi.
Shuningdek, sud 2017-yil iyulida 9,5 yil qamoq jazosiga hukm qilingan sobiq davlat rahbarining jazo muddatini 12 yil va bir oygacha uzaytirgandi.
Izoh (0)