Ford kompaniyasi va Ford Chip Ganassi Racing poyga jamoasi sakkizta “quvvatlangan” sport modellari o‘rtasida musobaqa uyushtirdi. “Motor” Barselona shahri yaqinidagi Motorland avtodromida bo‘lib o‘tgan musobaqaning videosini taqdim etdi.
Poygada Ford F-150 Raptor pikapi, Fiesta ST 2017 va yangi avloddagi Fiesta ST, Focus RS, Mustang GT, Mustang GT350R, Ford GT superkari va uning Le-Man uchun mo‘ljallangan talqini ishtirok etdi.
Poygada eng kuchsiz avtomobil Fiesta ST, eng tezkori esa Ford GT bo‘lib chiqdi.
Izoh (0)