Buyuk Britaniya bosh vaziri Margaret Tetcher Shimoliy Irlandiyaga safari chog‘ida harakatlangan zirhli avtobus sotuvga qo‘yildi. Mashinaning hozirgi egasi uni 25 ming funt sterlingga sotmoqchi, dastlab esa avtobusga besh million so‘rashayotgan edi, deb yozadi “Motor”.
36 nafargacha yo‘lovchini tashishga qodir transport vositasi o‘q va tovush o‘tkazmaydigan kapsula bilan jihozlangan. Avtobusning og‘irligi 17,5 tonnaga teng. Unga mexanik nagnetatelli 12 litrli dizel o‘rnatilgan bo‘lib, soatiga 130 kilometr tezlikka erisha oladi.
Shuningdek, avtobus kimyoviy, biologik va radiatsiyaviy ifloslantiruvchilardan himoya qiluvchi filtrli havo uzatish yopiq tizimi va o‘q o‘tmaydigan pokrishka bilan jihozlangan.
Avtobus 1984-yilda Tetcherga Irlandiya respublika armiyasi jangarilari tomonidan suiqasd tashkil qilinganidan so‘ng darhol yasalgan. Keyinroq undan askarlarni Londonderri aeroportidan Belfastga tashish uchun foydalanilgan.
Izoh (0)