Xitoyning Great Wall kompaniyasi Avstriyada tadqiqot va ishlab chiqarish markazini ochdi. Markaz kelajakda ishlab chiqariladigan avtomobillar uchun qismlar yaratish bilan shug‘ullanadi. Bu haqda “Motor” xabar berdi.
Markaz elektr dvigatellar, shuningdek boshqaruv tizimlarini yaratishga ixtisoslashadi. Great Wall markaz ishiga 2020-yilgacha 20 million yevro investitsiya qilishni rejalashtirmoqda.
Izoh (0)