Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on mamlakat harbiylari zarur bo‘lgan taqdirda Idlibgacha borishini ma’lum qildi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
“Hozir Afrinda operatsiya ketmoqda. Agar Allohning irodasi bo‘lsa, askarlarim Idlibgacha boradi”, — dedi Erdo‘g‘on.
Oldinroq AQSh prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha yordamchisi Gerbert Makmaster Vashington Suriyadagi kurdlarga qurol-yarog‘ yetkazishni to‘xtatganini bildirgandi.
Izoh (0)