London g‘arbida avtomobil avtobus bekati yaqinida turgan 3 yigitni urib yubordi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
O‘smirlarga 28 yoshli erkak boshqaruvidagi qora Audi kelib urildi. Ular voqea joyida halok bo‘ldi.
Haydovchi tibbiy yordam ko‘rsatish uchun kasalxonaga yetkazildi, so‘ng hibsga olindi.
Politsiya yuz bergan hodisani terakt deb hisoblamadi. Bunga nima sabab bo‘lgani hozircha ma’lum qilinmadi.
Izoh (0)