Afg‘oniston parlamentining deputat va senatorlari Kobuldagi 100 dan ortiq kishining umriga zomin bo‘lgan teraktdan so‘ng mamlakat razvedka xizmatlari va mansabdorlarini keskin tanqid qildi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Deputat va senatorlar mamlakatda vaziyatning yomonlashuvi xavfsizlik xizmati xodimlari uchun sharmandalik ekanligi va ist’efoga chiqishlari zarurligini bildirdi.
“Afsuski, mazkur hujum oldingilarining davomi bo‘ldi”, — dedi deputat Said Ali Kozimiy.
“Qachongacha xalqimiz aziyat chekishi va o‘lib ketaverishi kerak? Nega bu mansabdorlar lavozimini tark etmaydi?” — savol berdi senator Safiulla Hoshimiy.
Afg‘onistonning qator sobiq harbiy zobitlari tergov va razvedka xizmatlari, shuningdek, xavfsizlik idoralarining zaifligi mamlakat, xususan, poytaxt Kobuldagi vaziyat yomonlashuvining asosiy sababi ekanligini ta’kidlamoqda.
Izoh (0)