Ekvadorning Esmeralda provinsiyasida politsiya bo‘limi yaqinida yuz bergan portlash oqibatida 20 nafarga yaqin huquq-tartibot xodimi yaralandi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Politsiyaga ko‘ra, hujum bo‘lim yaqinida minalashtirilgan mashinani portlatgan jinoiy guruhlarning qasdi bo‘lishi mumkin.
Mamlakat prezidenti Lenin Moreno portlashni politsiyaning jinoyatchilikka qarshi muvaffaqiyatli operatsiyalaridan so‘ng narkosavdogarlar amalga oshirgan terakt deb baholadi. U qator provinsiyalarda favqulodda holat tartibini joriy etdi.
Izoh (0)