Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbir davomida 1983-yilda tug‘ilgan Suyun Axmedov shaxsiga aniqlik kiritish maqsadida reabilitatsiya markaziga olib kelindi. Bu haqda IIBB matbuot xizmati xabar bermoqda.
O‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida S. Axmedov muqaddam JKning 169-moddasi 3-qismi (o‘g‘rilik) bilan sudlanganligi va jinoyat ishlari bo‘yicha Muborak tuman sudi ajrimiga asosan unga nisbatan axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlanganligi aniqlandi.
Biroq S. Axmedov jazoni o‘tashdan qasddan bo‘yin tovlab, ro‘yxatda bo‘lgan Qashqadaryo viloyatidagi manzilida yashamay, Toshkent shahri hududida yurgan.
Hozirda uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.
Izoh (0)