Toshkentda O‘zbekiston fanlar akademiyasi vitse-prezidenti Bahrom Abduhalimov va Qozog‘istonning O‘zbekistondagi elchisi Yerik Utembayev ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar beradi UZ24.
“Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev o‘z murojaatnomasida aksariyat masalalar OTMlardagi ta’lim bilan bog‘liq bo‘lishi kerakligini aytib o‘tdi. Shuning uchun barcha yangi texnologiyalar va imkoniyatlar, shuningdek to‘rtinchi sanoat islohotining ayrim qismlarini biz universitetlar bazasiga joylashtirishni va u yerda O‘zbekiston fanlar akademiyasi bilan hamkorlikda texnopark hamda ilmiy-tadqiqot markazlari tashkil etishni rejalashtirmoqdamiz”, — deydi Qozog‘iston elchisi.
Shuningdek, uchrashuvda ilgari surilgan masalalarni amaliyotga tatbiq etishda yo‘l xaritasini ishlab chiqish, shuningdek hamkorlikdagi tadqiqotlarni aniqlashtirish lozimligi ham ta’kidlandi.
Izoh (0)