23-yanvar, seshanba kuni Liviyaning Bengazi shahrida amalga oshirilgan ikkita terakt oqibatida 28 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Sky News Arabia telekanaliga tayanib, “TASS” xabar berdi.
Portlovchi qurilma o‘rnatilgan avtomobil as-Salmoniy dahasining sharqiy tomonida, shaharning eng yirik masjidlaridan birining yonida portladi. Oradan yarim soat o‘tgach, voqea joyiga huquq-tartibot xodimlari va shifokorlar yetib kelganida yana bitta avtomobil portlab ketgan.
Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, teraktlar oqibatida Liviya milliy armiyasining tergov-qidiruv bo‘limi boshlig‘i Ahmad Ali al-Fitrui halok bo‘lgan. Jarohat olganlar orasida Liviya razvedka xizmatining generali Mahdi al-Fallayax ham bor.
Bengazi Tripolidan ming kilometr sharqda joylashgan bo‘lib, 2011-yil 17-fevralda mamlakatda boshlangan inqilobga “beshik” vazifasini o‘tagan.
Izoh (0)