Amerikaning RC-135W razvedkachi samolyoti Murmansk viloyati hududida Rossiya chegaralari yaqinida ko‘p soatli parvozni amalga oshirdi, deb yozadi “Gazeta.ru”.
G‘arb aviatsiya resurslari monitoring ma’lumotlariga ko‘ra, samolyot Buyuk Britaniyadagi Mildenxoll aviabazasidan uchib chiqib, so‘ng bir necha soat davomida Murmansk viloyati sohillari yaqinida, Barens dengizi akvatoriyasi ustida aylanib uchgan. Unga yoqilg‘i quyuvchi samolyot hamrohlik qilgan.
Izoh (0)