Kosovo politsiyasi o‘lka maktablarida o‘tkazgan operatsiya davomida 60 kilogrammdan oshiq marixuana va boshqa narkotiklarni musodara qildi. Bu haqda respublika IIV ma’lum qildi, deya xabar beradi “Gazeta.ru”.
“Politsiyaning ‘Maktablarda narkotiklarga o‘rin yo‘q’ aksiyasi davomida 62 kilogrammdan oshiq marixuana, 0,5 gramm kokain va o‘qotar qurol musodara qilindi. 26 kishi qo‘lga olindi, 17 ta jinoiy ish qo‘zg‘atildi”, — deyiladi vazirlik xabarida.
Operatsiya o‘tgan haftada Kosovaning barcha xududida o‘tkazilgani bildirilmoqda. Odatda bunday tadbirlar ko‘plab miqdorda og‘ir va yengil narkotiklar, qurol hamda kelib chiqishi shubhali yirik summadagi pullarning musodara etilishiga olib keladi.
Izoh (0)