AQShda yadro xavfsizligi bo‘yicha milliy boshqarma dengizdagi bazaga tayanadigan yadroviy jangovar o‘qlarning ikkita yangi turini yaratish bo‘yicha dasturni ishga tushirish arafasida bor kuchi bilan ishlamoqda. Bu haqda boshqarmaning sobiq rahbari Frenk Klots Defense News nashriga ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
Bundan tashqari, uning ta’kidlashicha, barcha dasturlarni yakunlash uchun muassasaga ko‘proq investitsiyalar zarur bo‘ladi. Ammo AQShlik mansabdor yaqinda oshkor qilingan AQShning yangi doktrinasi tafsilotlarini izohlashdan bosh tortdi.
Hujjatda AQSh yaqin orada mavjud jangovar kallaklarni modifikatsiya qilishi, so‘ng zamonaviy yadroviy qanotli raketani yaratishi haqida aytilgan.
Izoh (0)