Turkiya qurolli kuchlarining Afrin tumanida kurd tuzilmalariga qarshi “Zaytun novdasi” operatsiyasi tufayli 5 mingga yaqin kishi uyini tark etishga majbur bo‘ldi. Bu haqda BMT hisobotida ma’lum qilindi, deya xabar beradi “TASS”.
Xalqaro tashkilot ko‘plab odamlar jangovar harakatlar hududidan chiqib ketolmayotganini ham qayd etdi.
BMT Afringa 50 ming kishi uchun gumanitar yordam jo‘natishga tayyor ekanligi, shuningdek, Aleppo viloyatining Suriya rasmiylari tomonidan nazorat qilinayotgan qismida 30 ming kishiga mo‘ljallangan yuk hozirlab qo‘yilgani bildirildi.
Izoh (0)