Turkiya Bosh shtabi Suriyaning Afrin mintaqasida “Zaytun novdasi” nomli operatsiya boshlanganini e’lon qildi. CNN Turk ma’lumotlariga ko‘ra, mintaqaga dastlabki aviazarbalar berilgan.
“Turkiya Qurolli kuchlari Suriya shimoli-g‘arbida barqarorlik va xavfsizlikni ta’minlash maqsadida harbiy operatsiya boshladi”, — deyiladi Bosh shtab bayonotida. “RBK”ning qo‘shimcha qilishicha, jangovar harakatlar Toshkent vaqti bilan 19:00 da boshlangan.
CNN Turk ma’lumotiga ko‘ra, 20-yanvar kuni kunduzi Turkiyaning Suriya bilan chegaradosh Xatay viloyatida, Rayhonli va Kirikxan tumanlarida harbiy samolyotlar paydo bo‘lgan. Samolyotlar chegarani kesib o‘tganidan ko‘p o‘tmay Afrinni “snaryadlarning portlash ovozlari” tutgan.
Aviazarba berilayotgan hududdan videoyozuvlar Twitter’da e’lon qilinmoqda.
Türk savaş uçaklarının hsva saldırısı sonrası #Afrin pic.twitter.com/kJus5mgQqv
— Mutlu Civiroglu (@mutludc) January 20, 2018
Turkiya “Xalq o‘zini o‘zi mudofaa qilish kuchari” bo‘linmalari va “Demokratik ittifoq” partiyasiga mansub kurdlarning marralariga zarbalar bermoqda. Shu bilan birga, Damashqqa nisbatan muxolif kayfiyatdagi “Suriya ozodlik armiyasi” ham kurdlarga qarshi yurish boshlagan (rasmiy Anqara Suriyadagi o‘z harakatlarini aynan shu “armiya” bilan muvofiqlashtirib turadi).
Avvalroq Turkiya prezidenti mamlakat qurolli kuchlari Afrindagi kurd jangovar bo‘linmalariga qarshi aksilterror operatsiyasini “amalda boshlab bo‘lgani”ni ma’lum qilgan edi.
Izoh (0)