Saudiya Arabistoni havo hujumidan mudofaa (HHM) tizimlari yordamida Yamandagi isyonchi xusiylar tomonidan amalga oshirilgan navbatdagi ballistik raketa zarbasini qaytarishga muvaffaq bo‘ldi. “RIA Novosti” xabariga ko‘ra, Yamandagi isyonchilar Saudiya Arabistoni janubidagi Najran shahrini nishonga olgan bo‘lgan.
Yamandagi xusiylarga qarshi kurash olib borayotgan Saudiya Arabistoni boshliq arab koalitsiyasi vakili, polkovnik Turki al-Malikiyning so‘zlariga ko‘ra, Yamanning Sa’da viloyatidan Najranning turar joy mavzelari tomon uchirilgan raketa HHM tizimi tomondan tutib, yo‘q qilingan.
O‘z navbatida, xusiylarning Al Masirah telekanali raketa Najran yaqinidagi harbiy lagerga yo‘naltirilgani va “nishonga yetib borgani” haqida xabar tarqatgan.
17-yanvar kuni xusiylar xuddi shunday havo hujumi yordamida Saudiyaning boshqa — Jizan shahriga zarba berishga uringan, biroq u raketa ham podshohlik HHM tizimlari tomonidan urib tushirilgan edi.
Izoh (0)