Turkiya qurolli kuchlari Suriyaning Afrin mintaqasidagi qurollangan kurd bo‘linmalariga qarshi quruqlikdagi harbiy operatsiyani amalda boshladi. Bu haqda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “RBK”.
“Afrindagi aksilterror operatsiyasi amalda boshlanib bo‘ldi”, — dedi Erdo‘g‘on Turkiyaning Kutahya viloyatidagi chiqishi chog‘ida. Turkiya Afrindagi kurd bo‘linmalarini terrorchilar deb hisoblaydi.
Erdo‘g‘onning qo‘shimcha qilishicha, Afrindagi operatsiya yakuniga yetishi bilan, Turkiya Suriyaning Manbij mintaqasida harbiy harakatlarni boshlaydi.
Afrindagi operatsiya amalda boshlanib bo‘lgani haqida 19-yanvar kuni Turkiya mudofaa vaziri Nuritdin Janikli ma’lum qilgan edi. U Turkiya qurolli kuchlarining to‘laqonli jangovar harakatlari aynan qachon boshlanishini aytishdan bosh tortgan edi.
Izoh (0)