Xitoyda sinov tartibida dunyodagi eng katta havo tozalagich ishga tushirildi. Bu haqda South China Morning Post xabar bermoqda.
100 metrli minora mamlakatning eng ifloslangan shaharlari o‘nligiga kiradigan Sianda joylashgan.
Tizim minora atrofida qurilgan maxsus issiqlik stansiyalari hisobiga ishlaydi. Unga kelib tushadigan havo quyosh haroratida minora bo‘ylab ko‘tariladi va tozalovchi filtrlardan o‘tadi.
Ishlab chiqaruvchilarning so‘zlariga ko‘ra, inshoot sababli butun bir tuman hududida smog darajasini pasaytirishga muvaffaq bo‘linadi, ifloslanish yuqori darajaga yetganda esa havoni me’yordagi holatga keltirishga xizmat qiladi.
Izoh (0)