London politsiyasi British Airways aviakompaniyasining mast uchuvchisini parvozga bir necha daqiqa qolganida qo‘lga oldi. Bu haqda, Daily Mail’ga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, noxush hodisa Getvik aeroportidan Mavrikiyaga uchishga tayyorlanayotgan reysida sodir bo‘lgan.
Yo‘lovchilar uchuvchidan spirtli ichimlikning hidi kelayotganini payqab qolgan va politsiyaga qo‘ng‘iroq qilgan. Huquq-tartibot xodimlari darhol yetib kelib, uchuvchini qo‘lga olgan.
Samolyot 2,5 soatga ushlanib qolganligi sabab 300 nafar yo‘lovchi 19-yanvar, juma kungi reys bilan uchishga majbur bo‘lgan. 11 soatlik parvozdan so‘ng yo‘lovchilar orolga muvaffaqiyatli yetib olgani aytilmoqda.
Izoh (0)