Kurd mudofaa kuchlarining jangchilari Suriya—Turkiya chegara zonasida Suriya ichkarisi tomon kirishga uringan to‘rt nafar turk askarini o‘ldirdi. Bu haqda, Livanning “Al-Mayadin” telekanaliga tayanib, “Korrespondent.net” xabar berdi.
Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, maxsus topshiriqli otryad hamrohligida harakatlanib kelayotgan turk harbiylari bilan to‘qnashuv kurdlar nazorati ostida bo‘lgan Bulbul chegara hududida sodir bo‘lgan.
Avvalroq, AQSh Suriya—Turkiya chegarasida kurd bo‘linmalari tashkil etish niyatidan qaytgani haqida xabar berilgan edi.
Izoh (0)