Amerikalik ekspertlar Shimoliy Koreyaning ehtimoliy yadro arsenalini hisoblab chiqdi. Bu haqda Bulletin of Atomic Scientists jurnalida aytiladi.
Ochiq manbalardan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, Pxenyan qo‘l ostida foydalanishga tayyor 20 ta yadro zaryadi bo‘lishi mumkin. Shu bilan birga, KXDRda yana 60 ta jangovar kallak tayyorlash uchun yetarlicha resurslar bor.
Ekspertlar Shimoliy Koreya raketa va yadro dasturi taraqqiyotini, shu jumladan, ketma-ket muvaffaqiyatli sinovlarni salmoqli deb atadi. “Ikkitasi o‘rtacha quvvatli, bittasi esa yuqori quvvatli bo‘lgan oltita yadro sinovidan so‘ng, KXDR turli quvvatdagi yadro bombalarini yaratishga qodir ekanligiga shubha qolmayapti. Hatto agar Pxenyanning yadro arsenali to‘liq hajmda ishga tushirilmagan bo‘lsa ham, buni vaqt ko‘rsatadi, xolos”, — deb yozadi mualliflar.
Izoh (0)