Chexiyalik sayyohlar oilasi Fransiyada politsiyachilar libosini kiyib olgan talonchilar “tekshiruvi”dan so‘ng texnika va katta miqdordagi puldan mahrum bo‘ldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Hodisa Lojuvard qirg‘oqdagi Bush-dyu-Ron departamentining A54 trassasidagi dam olish maydonlaridan birida ro‘y berdi.
Tungi payt bu yerda Audi avtomobili to‘xtadi va undan “Politsiya” yozuvli qora libos kiyingan 5 nafar erkak chiqib keldi. Sayyohlardan mashinadan chiqishni talab qildi va ularni ko‘zdan kechira boshladi.
Parisien nashriga ko‘ra, talonchilar 2 ming yevro, ikki mobil telefon va kameraga ega bo‘ldi. “Tintuv”dan so‘ng ular Arl shahri yo‘nalishida g‘oyib bo‘ldi.
Izoh (0)