Gavayi orollari aholisi 13-yanvar kuni orollar tomonga ballistik raketa uchirilgani haqida yolg‘on xabar olgan. Xabar shtat favqulodda holatlar agentligi xodimining xatosi sababli jo‘natilgan. Bir necha kundan so‘ng xizmatning xavfsizligi yuzasidan ko‘plab savollar paydo bo‘lgan: ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchlari xuddi shu agentlikning shtab-kvartirasi aks etgan eski suratni topgan. Suratda parol yozilgan stikerni ko‘rish mumkin, deb yozmoqda TJournal.
Bu surat 2017-yilda Associated Press tomonidan olingan. Xizmatning operatsion direktori orqasida kod yozilgan qog‘ozcha yopishtirilgan kompyuter turibdi. Ikkinchi stikerda esa xodimlarga tizimdan chiqish haqidagi eslatma yozilgan.
Ba‘zi foydalanuvchilar aynan shu parol raketa zarbasi haqida ogohlantirish tiziminiki ekanligini taxmin qilgan. Agentlik bu yozuvning parol ekanligini tasdiqlagan, biroq uning aynan nima uchun xizmat qilishini aniqlashtirishdan bosh tortgan. Xodimlarning so‘zlariga ko‘ra, parol “ichki tizim”niki bo‘lib, bu tizim orollar aholisini ogohlantirish tizimi bilan bog‘lanmagan.
Hodisadan so‘ng shtat gubernatori Devid Aydj favqulodda xizmat xodimi standart jarayonni bajarish vaqtida boshqa tugmani bosib yuborganini ma’lum qilgan.
Izoh (0)