Xitoy Markaziy banki va Moliyaviy risklarni o‘rganish bo‘yicha idoralararo guruh mamlakat hududidagi maynerlar faoliyatini cheklashni rejalashtirmoqda, deb yozadi Meduza.
Xitoy maynerlari elektr energiyasi arzon turadigan va salqin iqlimli tumanlarda kriptovalyuta fermalarini tashkil qilmoqda. Hukumat ularga elektr energiyasi uzatilishini cheklab, maynerlarni o‘z faoliyatini tugatishga majbur qilmoqchi.
Ushbu qaror Xitoy hukumati 2017-yilning sentabrida amalga oshirishni boshlagan, maynerlarga nisbatan “tanobini tortib qo‘yish” siyosatini davom ettiradi.
Bunday siyosat jahon kriptovalyuta bozoriga jiddiy zarba berishi mumkin: bitkoinlar yaratish bo‘yicha korxonalarning 80 foizi Xitoyda joylashgan. Ko‘plab maynerlar o‘z uskunalarini boshqa mamlakatlarga olib o‘tishga shoshilmoqda.
Ekspertlar so‘zlariga ko‘ra, Xitoy mayning bozorining yopilishi kriptovalyutaga jiddiy zarar yetkazishi va tizimni uzoq vaqtga beqarorlashtirib qo‘yishi mumkin.
Izoh (0)