Rossiya prezidenti Vladimir Putinning saylov shtabi raisdoshi Yelena Shmelevaning so‘zlariga ko‘ra, amaldagi davlat rahbarini prezidentlikka nomzod sifatida ro‘yxatdan o‘tkazish uchun olti kun ichida 149 mingta imzo yig‘ilgan, deb yozadi “Gazeta.ru”.
“Bugungi kungacha bizda allqachon 149 mingta imzo to‘plandi. Mutlaqo barcha subyektlarda u hududiy shtablar, ko‘ngillilar, faollar kuchlari bilan o‘tmoqda”, — dedi Shmeleva.
Qonunchilikka muvofiq, mustaqil nomzodni ro‘yxatga olish uchun kamida 300 mingta imzo yig‘ilishi kerak.
Izoh (0)