Internetdagi masxaralashlar tufayli o‘z joniga qasd qilgan avstraliyalik qizning ota-onasi dilozorlarni dafn marosimiga taklif qildi, deb yozadi Daily Mail.
Marhuma — 14 yoshli Emi Everett shlyapa ishlab chiqaruvchi Akubra kompaniyasi yuzi bo‘lgan. O‘z karyerasi davomida u doimiy ravishda internet-bulling (ezish, bosim)ga duchor bo‘lib kelgan, oqibatda 3-yanvar kuni qizcha bosimga dosh bera olmasdan, o‘z joniga qasd qildi. O‘limi oldidan esa rasm chizib, “Ovozing qaltirasa ham, gapir” degan yozuv qoldirib ketdi.
Emining ota-onasi qizini ranjitganlar “o‘zlari yetkazgan zararlarni o‘z ko‘zlari bilan ko‘rib qo‘yishi” uchun ularni dafn marosimiga chaqirdi. “Bu ijtimoiy tarmoqlardan qay tarzda foydalanish kerak emasligini ko‘rsatib beruvchi bir holatdir”, — deya qo‘shib qo‘ydi marhumaning otasi.
Izoh (0)