O‘zbekiston va Tojikiston mamlakatlar o‘rtasidagi chegara hududlari bo‘yicha kelishuvga erishdi, deb xabar berdi “News.tj”.
Unga ko‘ra, Farhod GES joylashgan hudud Tojikistonniki deb tan olinadi, gideoelelektr obyektining o‘zi esa O‘zbekistonnikiligicha qoladi. Obyektni qo‘riqlashni tojik tomoni ta’minlasa, uning texnik xizmat ko‘rsatishi bilan O‘zbekiston shug‘ullanadi.
Xabarlarga ko‘ra, 10-yanvar kuni Tojikiston va O‘zbekiston o‘rtasida savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo komissiyaning, shuningdek, o‘zbek-tojik davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish masalalari bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning Dushanbe shahridagi majlislari samarali va istiqbolli bo‘lib o‘tgan.
Dushanbe uchrashuvining yakunlari bo‘yicha ikki mamlakatning tegishli vazirlik va idoralariga Tojikiston va O‘zbekiston o‘rtasida transport, aloqa, savdo, iqtisodiyot, chegara sohalarida hamkorlik to‘g‘risida bitim tuzish topshirildi.
Yuqorida aytib o‘tilgan masalalar bo‘yicha davlatlararo va hukumatlararo bitimlar O‘zbekiston Prezidentining bahor boshida Dushanbega uyushtirishi rejalashtirayotgan davlat tashrifi chog‘ida imzolanishi kutilmoqda
Izoh (0)