O‘zbekistonda Valyuta siyosatini iqtisodiyotni rivojlantirish, shu jumladan, biznes va investitsiyaviy muhitni yaxshilash maqsadida yangi tahrirda “Valyutani tartibga solish to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ishlab chiqiladi. Bu haqda “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili” davlat dasturi loyihasida ma’lum qilingan, deb xabar berdi “Asr.uz”.
Mazkur qonun loyihasini ishlab chiqishga Markaziy bank, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat raqobat qo‘mitasi, Adliya vazirligi va Bosh prokuratura mas’ul etib belgilandi.
O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasida xalqaro tajribani chuqur o‘rganish asosida hamda tadbirkorlar ehtiyojlarini inobatga olgan holda, valyuta operatsiyalarini tartibga solishni soddalashtirish hamda valyuta bozori faoliyatini yanada takomillashtirish va erkinlashtirish kabi muhim vazifalar nazarda tutiladi.
Izoh (0)