Eron rasmiylari Telegram bloklanishini butkul bekor qildi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Fars agentligiga ko‘ra, Eron milliy xavfsizlik oliy kengashi qaroriga binoan o‘tgan yil 31-dekabrda joriy etilgan vaqtinchalik cheklovlar bekor qilinganidan messenjer foydalanuvchilar uchun ochildi.
Mazkur cheklovlar mamlakatdagi g‘alayonlar oldini olish, isyonchilar messenjer orqali aloqada bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida qo‘llangandi.
Oldinroq, 5-yanvarda Eronda Instagram’ga qo‘yilgan taqiq ham olib tashlangandi.
Izoh (0)