Eronda Instagram blokdan chiqarildi. Bu haqda “Vestnik Kavkaza” xabar bermoqda.

Foto: Delfi

Shu bilan birga, yangi tartibsizliklar tashkil etishning ehtimoliy vositasi sifatida Telegram messenjeridan foydalanishga qo‘yilgan cheklov bekor qilinmadi.

Eronda Tehron, Mashhad va boshqa shaharlarda norozilik namoyishlari avj olganidan so‘ng Instagram dasturi va Telegram messenjeridan foydalanishga cheklov o‘rnatilgandi.

Rasmiylarga ko‘ra, bu mamlakatda tartibsizliklar keltirib chiqarayotgan terrorchilarga qarshi turishda yordam berishi lozim edi.