Maxfiy Zuma missiyasini amalga oshirishni maqsad qilgan Falcon 9 raketa tashuvchisi Floridaning Kanaveral kosmodromidan uchirildi. SpaceX kompaniyasi parvozni to‘g‘ridan to‘g‘ri translyatsiya qilib turdi, deb xabar berdi “Gazeta.ru”.
Raketa Zuma orbita sun’iy yo‘ldoshi va uning maqsadi haqidagi ma’lumotlar maxfiy hisoblanadi. Shuningdek, missiya qaysi idoraga tegishli ekanligi ham noma’lum.
Avvalroq, o‘nta Iridium NEXT telekommunikatsiya sun’iy yo‘ldoshi joylashgan Falcon 9 raketa tashuvchisi uchirilgani haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)