Shveysariyada kuchli shamol sababli poyezd relsdan chiqib ketdi. “RIA Novosti” holat aks etgan videoga e’tibor qaratdi.
Hodisa 3-yanvar kuni Bern kantonida yuz bergan. Oqibatda sakkiz kishi jarohat olgan.
Shu kuni Shveysariyaga “Burglind” qishki bo‘roni yopirilgan. Shamolning tezligi soatiga 200 kilometrni tashkil qilgan. Qariyb 100 mingta uy elektr ta’minotidan uzilib qolgan.
Izoh (0)