Donald Trampning advokatlari nashriyotdan AQShning amaldagi prezidenti haqida kitobni chop etishdan voz kechishni talab qildi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.
The Washington Post nashriga ko‘ra, “kitobni e’lon qilish, chop etish va tarqatishni zudlik bilan to‘xtatish” talab qilingan maktub Henry Holt nashriyoti, shuningdek, “Olov va g‘azab: Trampning Oq Uyi ichida” kitobi muallifi, jurnalist Maykl Vulfga yuborilgan. Ularga, jumladan, tuhmatda ayblov ilgari surilishi mumkinligi bilan tahdid qilingan.
Kitob 9-yanvarda sotuvga chiqishi kutilmoqda. Vulf uni yozish davomida Tramp saylovoldi shtabi va ma’muriyatining o‘nlab xodimi, jumladan, prezidentning sobiq maslahatchisi Stiv Bennon bilan muloqotda bo‘lgandi.
Kitobdan parchalar 3-yanvar kuni New York Magazine nashrida e’lon qilindi va shov-shuvlarga sabab bo‘ldi.
Izoh (0)