Avstraliyaning Qantas aviakompaniyasi dunyodagi eng xavfsiz aviakompaniya deb topildi. Kuchli yigirmatalikdan Finlyandiyaning Finnair, Germaniyaning Lufthansa, Skandinaviyaning SAS kompaniyalari o‘rin olgan. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
Aviakompaniyalar samolyotlarni ishlatish muddati, o‘tgan yildagi aviahodisalar soni, innovatsiyalar, hukumat tomonidan xavfsizlik yuzasidan o‘tkazilgan tekshiruvlar soniga va boshqa omillarga qarab baholangan.
Xavfsizlik bo‘yicha dunyoda yetakchilik qiluvchi Qantas aviakompaniyasida so‘nggi 60 yil ichida o‘lim bilan bog‘liq birorta ham holat qayd etilmagan.
Izoh (0)