Damashq viloyati qishloq xo‘jaligi departamenti Damashq xalqaro aeroportiga olib boradigan avtotrassani ko‘kalamzorlashtirish tashabbuskori bo‘ldi: mazkur hududga 1500 ko‘chat ekiladi. Bu haqda EADaily xabar bermoqda.
Viloyatga jami 250 ming ko‘chat ekish mo‘ljallangan, ulardan 160 mingtasi ekib bo‘lindi.
Mamlakat qishloq xo‘jaligi va agrar islohotlar vaziri Ahmad al-Qodiriyga ko‘ra, kampaniyadan ko‘zda tutilgan maqsad Damashqqa keluvchilarni kutib oladigan xalqaro trassa tarovatini tiklashdan iborat.
Hukumat Suriyaning terrorchilar aziyat yetkazgan barcha o‘rmon massivlarini tiklashni ham rejalashtirmoqda.
Izoh (0)