Isroil Mudofaa armiyasi matbuot xizmati mamlakat harbiy-havo kuchlari 4-yanvar, payshanba kuni G‘azo sektoridagi yirik terrorchilik tuzilmasiga zarba berganini ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
Hujum yahudiy mamlakati hududidan 3-yanvar, chorshanba kuni uchta raketa uchirilishiga javoban amalga oshirilgan.
“Armiya terrorchilik tashkilotlari, shu jumladan, HAMAS tomonidan Isroil suverenitetini buzishga urinishlar va har qanday dushmanlarcha xatti-harakatlarga yo‘l qo‘ymaydi hamda voqealar rivojining eng turli-tuman ssenariylariga tayyor”, — deyiladi hujjatda.
Izoh (0)