Shimoliy Koreya tomonidan 2017-yil 29-aprelda amalga oshirilgan qit’alararo ballistik raketa sinovi muvaffaqiyatsiz kechib, raketa parchalarining aholi punktiga qulashi bilan yakunlangan, deb yozadi “TASS”.
The Diplomat nashri AQSh hukumatidagi manbasiga tayanib xabar berishicha, o‘rta masofali “Xvason-12” raketasi 237 ming kishi yashaydigan Tokchxon shahriga qulagan, sanoat va qishloq xo‘jalik tuzilmalariga “jiddiy zarar” yetgan. Manba qayd etishicha, raketa havoda qariyb bir daqiqa bo‘lib, ko‘pi bilan 70 km masofani bosib o‘tgan.
Nashr ta’kidlashicha, parvoz uzoq davom etmaganligini hisobga olganda, sarflanmagan yoqilg‘ining katta hajmi tufayli, portlash kuchli bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Jurnalistlar gumon qilishicha, raketa sanoat zonasiga ishdan xoli vaqtda tushgani sababli, qurbonlar ko‘p bo‘lgan bo‘lishi mumkin.
Izoh (0)