Misrda yana 5 nafar mahbus dorga osib o‘ldirildi. Bu haqda “Vesti.ru” xabar bermoqda.
Mamlakat tribunali ulardan 4 nafarini 2015-yili stadionda terakt uyushtirgani uchun o‘limga hukm qilgandi. O‘shanda 3 kishi terakt qurboni bo‘lgandi.
Beshinchi mahbus jinoiy ayblov bo‘yicha qatl etildi, uning tafsilotlari ma’lum qilinmadi.
Eslatib o‘tamiz, mazkur o‘lim hukmi politsiyachilarga hujumda ayblangan 15 kishi qatl etilganidan bir necha kun o‘tib amalga oshirildi.
Izoh (0)