Misr jazolarni ijro etish mahkamasi 26-dekabr, seshanba kuni 15 nafar mahbusni qatl etdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Foto: “RIA Novosti”

Qatl Misrdagi ikki qamoqxonada amalga oshirilgani bildirilmoqda.

Mahbuslarning barchasi oldinroq Sinay yarim oroli shimolida harbiylar va politsiyaga uyushtirgan hujumlar uchun oliy jazoga hukm qilingandi.