• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12509.83
    • RUB156.55
    • EUR14520.16
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Enrike Iglesias konsertining faol yoshlarga bepul tarqatilgan chiptalari 5 mln so‘mgacha sotilmoqda

    Ispaniyalik jahonga mashhur xonanda Enrike Iglesias 28-dekabr kuni Toshkentdagi “Istiqlol” san’at saroyida konsert beradi. “Mehmon otangdan ulug‘” deyishganidek, Iglesias sabab taniqli so‘z ustasi Obid Asomovning uch kunlik konsertidan bir kuni 2018-yilga o‘tib ketdi. Ijtimoiy tarmoqlarda bu konsert Alisher Usmonovdan O‘zbekiston yoshlariga Yangi yil sovg‘asi ekani aytildi. Enrike Iglesias Facebook’dagi sahifasida “Toshkentdagi konsert chiptalari allaqachon sotuvda!”, deb yozgani bilan, chiptalar faqat faol va iqtidorli yoshlarga tarqatilishi ma’lum qilindi. Lekin...

    Foto: Instagram / @ulugbekismailov

    “Chiptalar sotilmaydi, faol va iqtidorli yoshlarga sovg‘a qilinadi”, deyishgandi...

    Enrike Iglesiasning Toshkentda konsert berishi haqidagi gap-so‘zlar dekabr oyi o‘rtalarida, Robbi Uilyamsning konsertidan so‘ng paydo bo‘lgan edi. “Istiqlol” san’at saroyi direktori Isroil G‘ulomov 19-dekabr kuni “Daryo”ga bergan qisqa intervyusida ispaniyalik xonanda haqiqatan ham 28-dekabr kuni Toshkentda kuylashini tasdiqlab, “chiptalar narxi hozircha ma’lum emasligi”ni bildirgan edi.

    Isroil G‘ulomov konsertga chipta sotilmasligi, barcha tomoshabinlar unda taklifnoma asosida mehmon bo‘lishi haqida 23-dekabr kuni “Daryo”ga ma’lum qildi. Shu kuni “Nuz.uz” nashri Enrike Iglesiasni Toshkentga rossiyalik milliarder Alisher Usmonov olib kelayotgani, konsert chiptalari Madaniyat vazirligi va Yoshlar Ittifoqi, shuningdek, boshqa jamoat tashkilotlari va Mehribonlik uylari orqali iqtidorli, faol yoshlarga tarqatilishi haqida xabar berdi.

    Bundan tashqari, o‘qishda va jamoatchilik ishlarida ma’lum bir yutuqlarga erishgan o‘quvchi va talabalar ham ispaniyalik xonandaning konserti chiptalarini bepul qo‘lga kiritishi mumkinligi aytilgan edi. Bu gaplar tasdig‘i o‘laroq, 26-dekabr kuni Xalqaro press-klub O‘zbekiston Oliy ta’lim vazirligining milliarder Alisher Usmonovga yo‘llagan tashakkurnomasini e’lon qildi.

    “Bizga beg‘araz asosda taqdim etilgan chiptalar davlat stipendiyalari sohiblariga aylangan iqtidorli talabalar hamda ota-onasiz talabalar orasida tarqatildi... Yordamingiz — mamlakatimizda xayriya ishini rivojlantirishga qo‘shilgan bebaho hissa... Ota-ona mehrisiz qolgan talabalar muammolariga befarq munosabatda bo‘lmaganingiz uchun samimiy tashakkurimizni aytamiz”, — deyilgan edi vazirlik tashakkurnomasida.

    Enrike Iglesiasning konsertiga bepul chiptalarni qo‘lga kiritganlar.

    Enrike Iglesiasning konsertiga bepul chiptalarni qo‘lga kiritganlar.
    Foto: Facebook / Qahramon Quronboyev

    O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi 24-dekabr kuni o‘zining Telegram’dagi kanalida tashkilot Enrike Iglesiasning konsertiga chipta tarqatayotgani haqidagi xabarlarni “mish-mish” deb atab, “bu gap-so‘zlar hech qanday asosga ega emasligi” haqida bayonot berdi. 26-dekabr kuni esa tashkilot rahbari Qahramon Quronboyev “Yoshlar Ittifoqi ushbu konsert uchun o‘ziga ajratilgan bepul taklifnomalarni iqtidorli va eng faol yoshlarga tarqatayotgani” haqida xabar berdi.

    “Anavi ko‘zoynakli bola tekinga olgan 4 ta biletini 11 million so‘mga sotmayapti”

    “Daryo” muxbiri 28-dekabr — konsert bo‘ladigan kun tongida “Istiqlol” san’at saroyida bo‘lib, chiptalar bilan bog‘liq vaziyatni o‘rgandi. Saroy atrofida o‘nlab chiptafurushlar faoliyat olib bormoqda. Ular, albatta, faqat Enrike Iglesiasning konserti chiptalarini sotish bilan shug‘ullanayotgani yo‘q, lekin ular uchun ham bugungi kunning bosh mavzusi — shu ispaniyalik xonanda. Eng qimmat chiptalar ham uning konsertiga.

    “Daryo” muxbiriga to‘qnash kelgan birinchi chipta olibsotari balkondan bitta bileti borligini, 600 ming so‘mga sotishini aytdi. “Balkonning biletlarini 800 ming — 1 million so‘mdan sotishyapti. Ustiga bor-yo‘g‘i 100—200 ming so‘m qo‘yib sotyapmiz, xolos”, — deydi chiptafurush. Uning aytishicha, ikkita yonma-yon o‘rinli chiptalarni topishning deyarli imkoni yo‘q.

    “Juda yonma-yon bo‘lmasa ham, yon-atrofidan qilib bera olamiz, so‘rab-surishtirib. O‘zi rasman sotuvda yo‘q bu biletlar, biz shu yo‘q narsani ham topib beryapmiz”, — deydi olibsotar. Bu, katta ehtimol bilan, tegishli tashkilotlar orqali bittadan chiptani qo‘lga kiritgan shaxslar ularni olibsotarlarga sotib ketayotganini anglatishi mumkin.

    Foto: “Daryo”

    Ikkinchi olibsotar 500 ming so‘mga balkondan joy olib bo‘lmasligini aytdi. “Balkon chiptalarini 700—800 ming so‘mdan sotyapmiz. Ikkita olsangiz, balki, 650 mingdan qilib berishar bolalar, lekin shunda ham yonma-yon bo‘lmaydi”. Balkondagi ba’zi o‘rinlar 1 million so‘mgacha bo‘lgan narxda, zaldagi joylar esa 5 million so‘mgacha narxda sotilayotganini aytdi. “Zaldan 2,5 million so‘mga ham chipta topolmaysiz”, — dedi u. Chiptafurushning aytishicha, bunday qimmat narxga konsertga tushgandan tushmagan yaxshi. “Lekin bu Enrike-da!”, — deb qo‘shimcha ham qilib qo‘ydi.

    Ayni vaqtda, u chet ellik xonandaning konserti chiptalari bu qadar qimmatligida chiptafurushlarni ayblash noo‘rinligini ta’kidladi. “Huv anavi yerda turgan ko‘zoynakli bolani ko‘ryapsizmi, sizga o‘xshagan oddiy bir bola. Tekinga olgan to‘rtta biletini 11 million so‘mga bermayapti. Tekinga olganini o‘zi tan olib turibdi, yigitlar naqd 11 million so‘mni shunday olib kelib berishdi, yo‘q deb turibdi. Yana ham qimmatroqqa sotmoqchi ekan. Biz shundan olgan biletimiz ustiga 100 ming so‘m qo‘yib sotsak, ko‘zingizga qanday ko‘rinamiz? Kim yomon? Biletchi yomon”, — dedi biletchi.

    Olibsotarlardan birining aytishicha, Iglesiasning konserti uchun san’at saroyining sahnasi “xuddi Yevropadagidek” o‘zgartirilgan — sahna o‘rtasidan zal tomon yo‘lak qurilgan. Shu bois zalning markaziy qismidagi o‘rindiqlardan bir qismi olib tashlangan (ushbu xabar tayyorlanayotgan vaqtda bu ma’lumotni “Istiqlol” san’at saroyi vakillaridan tasdiqlatish imkoni bo‘lmadi). Ma’lumot uchun, “Istiqlol” 3982 tomoshabinga mo‘ljallangan.

    PS. Enrike Iglesiasning Moskvadagi konsertida u bilan tengma-teng qo‘shiq kuylagan o‘zbekistonlik Ulug‘bek Ismoilov ispaniyalik xonandaning Toshkentdagi konsertiga ikkita chipta olgani haqida Instagram’dagi sahifasida e’lon qildi. U — o‘zbek shou-biznesiga aloqador faol shaxslardan biri, biroq Yoshlar Ittifoqiga a’zomi yoki O‘zbekistondagi biror oliygohning a’lochi talabasimi — bu noma’lum. Katta ehtimol bilan, u ham yo “Daryo” muxbiri ko‘rgan olibsotarlardan biri bilan uchrashgan, yoki konsert tashkilotchilaridan chipta olgan — har holda, uni Enrike Iglesiasning o‘zi ham taniydi.

    28.12.2017, 14:35   Izoh (0)   46977
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    TIV: Sankt-Peterburgdagi portlash oqibatida jabrlanganlar orasida O‘zbekiston fuqarosi ham bor

    28.12.2017, 14:32

    O‘zbekistonliklarning 80,6 foizi fuqarolarning xavfsizligi va qonuniy manfaatlari ta’minlanganligini yuqori baholaydi

    28.12.2017, 14:10

    O‘zbekistonliklarning qariyb 90 foizi Shavkat Mirziyoyevning prezident lavozimidagi faoliyatini ijobiy baholaydi

    28.12.2017, 13:49

    Power Fitness Extreme Club — shaharning eng yirik fitnes-klubi to‘liq ish boshladi

    28.12.2017, 13:30

    31-dekabr kuni Urganch shahrida nogiron va homilador ayollarga transport vositalari tekin xizmat ko‘rsatadi

    28.12.2017, 13:20

    Bo‘stonliqda “Muruvvat aksiyasi” doirasida 111 kishiga maishiy texnika vositalari topshirildi

    28.12.2017, 13:09
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    Bir-birimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi

     

    Tavsiya etamiz

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46
    Audio Icon

    Samoga sochilgan yulduzlar: “Paxtakor 79” voqeasiga 46 yil bo‘ldi

    11 avgust, 10:09

    Tobutga yashirilgan og‘u: Vyetnam urushi paytida AQSHga harbiy samolyotlarda geroin tashigan jinoyatchi kim edi?

    10 avgust, 21:42

    Dengizlarga aylangan daryolar: dunyodagi eng yirik GESlar qayerda barpo etilgan?

    9 avgust, 13:45
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Rossiyada Telegram va WhatsApp orqali qo‘ng‘iroqlar qisman cheklovga uchradi

    Dunyo | 14 avgust, 00:05

    O‘zbekistonga mol go‘shti importi ikki baravar oshirildi

    Iqtisodiyot | 13 avgust, 23:50

    Tramp, Putin va Zelenskiy uchrashuvi uchun joy izlanmoqda — CBS

    Dunyo | 13 avgust, 23:40

    Suriya va Turkiya harbiy hamkorlik to‘g‘risida bitim imzoladi

    Dunyo | 13 avgust, 23:30

    O‘zbekistonga elektromobil importi rekord darajada ortdi

    O‘zbekiston | 13 avgust, 23:15

    YKL saralashi. “Bashakshehir” ikki o‘yin natijasiga ko‘ra “Viking”ni mag‘lub etdi. Shomurodovdan assist

    Sport | 13 avgust, 23:09

    Qozog‘iston Markaziy Osiyoda birinchi spot bitkoin joylashgan mamlakatga aylandi

    Dunyo | 13 avgust, 23:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.