Enrike Iglesiasning 28-dekabrda “Istiqlol” san’at saroyida konsert berishi munosabati bilan Obid Asomovning uch kunlik “Sizlarni sog‘indim” nomli konsertining bir kuni 2018-yilga ko‘chirildi. Bu haqda konsert tashkilotchisi “San’at bravo” MChJ rahbari Javlon Jo‘rayev jurnalist Feruz Muhammadga ma’lum qildi.

Foto: “Daryo”

28-dekabr kuni Enrike Iglesias “Istiqlol” san’at saroyida konsert berishi sababli Obid Asomovning 28-dekabrdagi konsert dasturi  2018-yil 2-yanvar kuni, soat 19:00 ga ko‘chirildi. 28-dekabr kuniga bilet sotib olgan muxlislar 2-yanvar kuni bemalol konsertda mehmon bo‘lishlari mumkin. Agar 2-yanvar kuni boshqa rejada yurgan bo‘lishsa, kelib biletlarini 29 yoki 30-dekabr kunlari bo‘lib o‘tadigan dasturga almashtirib yoki umuman biletning pulini olib ketishlari ham mumkin.

Javlon Jo‘rayev, konsert tashkilotchisi

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Obid Asomovning konsert dasturi 28—30-dekabr kunlariga rejalashtirilgan edi.