Rossiyada 18-dekabr, dushanba kuni, ovoz berishdan roppa-rosa 3 oy avval prezidentlik saylovi kampaniyasi rasman boshlandi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Nomzodlarda syezdlarda ilgari surilish yoki saylovchilar guruhi tomonidan qo‘llab-quvvatlanish, Markaziy saylov komissiyasiga hujjatlarni topshirish, imzo to‘plash, targ‘ibot ishlarini olib borish va raqiblar bilan OAVda bahsga kirishish uchun 90 kun bor.
Federatsiya kengashi 15-dekabrdagi plenar yig‘ilishida Rossiya prezidenti saylovini 2018-yil 18-martga belgilash to‘g‘risida qaror qabul qildi. Saylov kuni Qrim va Sevastopol Rossiyaga qo‘shib olingan sanaga to‘g‘ri keladi.
Izoh (0)