1960-yillarda Leningraddagi 281-o‘rta maktabda Rossiyaning amaldagi prezidenti Vladimir Putinga nemis tilidan dars bergan Mina Moiseyevna Yuditskaya 96 yoshida Isroilda vafot etdi, deb yozadi “TASS” Rossiyaning yahudiy mamlakatidagi elchixonasiga tayanib.
“Mina Moiseyevnaning dafn marosimi 7-dekabr kuni Petax-Tikva shahrida bo‘lib o‘tdi. Elchixona dafn marosimini tashkillashtirishda yordam ko‘rsatdi va u yerga o‘z vakilini yubordi”, — dedi elchixonadagilar.
Yuditskaya avvalroq Isroil OAVlariga 1973-yilda Rossiyadan ko‘chib o‘tganini ma’lum qilgan edi. Rossiya yetakchisi 2005-yilda yahudiy davlatiga tashrifi chog‘ida o‘z o‘qituvchisi bilan uchrashgan, shundan keyin unga sovg‘alar yuborib, aloqada bo‘lib turgan edi.
Izoh (0)