Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Sharqiy Quddusda mamlakat elchixonasini ochish niyatini ma’lum qildi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Buni u Trampning AQSh elchixonasini Tel-Avivdan Quddusga ko‘chirish qaroriga javob bilan izohladi.
“Biz Sharqiy Quddusni Falastin poytaxti deb e’lon qildik, biroq Quddus bosib olingani sababli u yerda elchixona ochish imkoniyatimiz yo‘q edi. Hozirda Falastinda elchi boshqarayotgan bosh konsulligimiz ishlab turibdi.Biz deyarli bu vazifani bajardik. Yaqin orada elchixonamizni ham ochamiz”, — dedi Erdo‘g‘on.
Izoh (0)