Ukraina poytaxtining markazida o‘tkazilayotgan navbatdagi marsh tarafdorlari mamlakat prezidenti Pyotr Poroshenkoga impichment e’lon qilishni so‘ramoqda. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar qildi.
Namoyishchilar Shevchenko yodgorligi oldida to‘plandi. Ular orasida bo‘lgan muxolif siyosatchi Mixail Saakashvili kelganlarga minnatdorlik bildirdi va marshni davom ettirishga chaqirdi.
Ta’kidlanishicha, odamlar ko‘plab bayroqlar ko‘tarib olgan, ular orasida nafaqat Ukraina milliy bayrog‘i, balki ayrim muxolif partiya va harakatlarning ramzlari ham bor.
Namoyish 4–6 ming kishini to‘plagani aytilmoqda.
Izoh (0)