Amerikalik professor, mudofaa va milliy xavfsizlik masalalari bo‘yicha mutaxassis Robert Farli The National Interest nashri sahifalarida 2018-yilda uchinchi jahon urushi boshlanishi mumkin bo‘lgan besh mintaqani sanab o‘tdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Farlining ro‘yxatidagi birinchi mamlakat Shimoliy Koreya bo‘ldi.
“Shimoliy Koreyaning ballistik raketalar ishlab chiqishdagi muvaffaqiyatlari va Tramp ma’muriyatining diplomatiya borasidagi tajribasizligi o‘ta xavfli vaziyatni yuzaga keltirdi”, — ta’kidladi professor.
Yirik mojaro kelib chiqishi mumkin bo‘lgan ikkinchi mintaqa sifatida Tayvan ko‘rsatib o‘tilgan. Yaqinda Xitoy diplomati Li Keksin orolga AQSh harbiy kemalari kelib to‘xtagan kuni Pekin harbiy kuch bilan “Tayvanni birlashtirishi”ni ma’lum qildi.
Shundan so‘ng ro‘yxatdan Ukraina va NATOning janubiy qanoti, jumladan, Turkiya o‘rin oldi.
“Farli beshligi”ni Fors ko‘rfazi yakunlab berdi. Professor Saudiya Arabistoni va Eron o‘rtasidagi ixtilofga e’tibor qaratish lozimligini bildirdi.
Izoh (0)